Bugun 16 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Namangan viloyatida aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Namangan viloyatida aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.D. (muqaddam sudlangan) Yangi Namangan tumani, “Kelajak tongi” MFY hududidagi xonadonida 11 turdagi 5 970 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:40. O'qildi: 206 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!