"O‘zenergoinspeksiya" Namangan viloyat hududiy boshqarmasi, IIB va elektr ta’minoti korxonasi hamkorligida Davlatobod tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida fuqaro M. J. ga qarashli metalni qayta ishlash sexida o‘lchov uskunalarini qasddan uzib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 163 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.