78 yil avval sodir bo‘lgan «Buyuk fojea» — «Nakba»dan keyin falastinliklar yana o‘sha azoblarni boshdan kechirmoqda, ammo bu safar ancha keng ko‘lamda.
Falastinliklar 1948 yil 15 mayda Isroil davlatining tashkil topishi va shu jarayonda yuz minglab odamlarning o‘z yerlaridan haydalishini «Nakba» — «Buyuk fojea» deb ataydi.
Falastin jamiyati uchun «Nakba» yakunlangan tarixiy voqea emas, balki hanuz davom etayotgan jarayon sifatida baholanadi. 1948 yilda qishloqlaridan quvib chiqarilgan odamlarning nabiralari bugun G‘azo sektoridagi chatirlarda yashash uchun kurashmoqda, G‘arbiy sohilda esa yerlarni musodara qilish bo‘yicha yangi qarorlarga duch kelmoqda.
So‘nggi 2,5 yil ichida G‘azo sektorida halok bo‘lgan falastinliklar soni «Nakba»dan buyon o‘tgan 78 yillik umumiy yo‘qotishlardan ham oshib ketgani qayd etilmoqda.