Bugun 11 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Nagelsmann Germaniya terma jamoasi boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi mumkin

A A A
Nagelsmann Germaniya terma jamoasi boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi mumkin

Germaniya terma jamoasi rahbariyati o‘z uyida bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionati boshlanishiga bir yil qolganida murabbiyni almashtirish haqida o‘ylamoqda. Sport Bild xabariga ko‘ra, "Bundestim" "Bavariya"ning yana bir sobiq ustozi Yulian Nagelsmann Xans-Diter Flikning o‘rniga yagona munosib nomzod deb hisoblamoqda.

Manbaga ko‘ra, Germaniya terma jamoasi rahbarlarining bir qismi vaqtni boy bermaslikka va Nagelsmann ishsiz bo‘lgan vaqtda uni taklif qilishga chaqirmoqda. Boshqa qismi Yulianning yetarlicha tajriba va vakolatga ega ekanligiga shubha qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Flik boshchiligidagi Germaniya terma jamoasi so‘nggi uchta o‘rtoqlik uchrashuvining birortasida ham g‘alaba qozona olmadi. Shuningdek, jamoa Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida guruh bosqichida ishtirokini yakunlagandi.

Kiritildi: 14:01 28.06.2023. O'qildi: 1710 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!