Bugun 5 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Nabiy alayhissalom sunnatlari dunyo olimlarini lol qoldirmoqda

A A A
Nabiy alayhissalom sunnatlari dunyo olimlarini lol qoldirmoqda

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Ikki o‘g‘lim tortishib janjallashib qoldi. Hech ajrata olmadim. Nimani talashayotganini so‘rasam, davlatlarning bayroqlari tushirilgan rasmlar haqida ekan. Jahlim chiqqanidan rasmlarni ikkiga bo‘lib, ikkalasining qo‘liga bo‘lingan qog‘oz parchalarini tutqazdim. Tanbeh berib, oshxonaga kirdim. O‘zi ikki o‘g‘ilsizlar, nega bunaqa tortishaverasizlar, biroving kattaman biroving kichikman demaysizlar deb javray boshladim. Shuncha gapimga qaramay beparvo bolalar, yana bahslashishni boshladi. Hozir dadanga telefon qilaman deb, baqirgan edim, katta o‘g‘lim ko‘zida shashqator yosh bilan qo‘lida g‘ijimlangan qog‘ozni uloqtirib, «men Xudo yomon ko‘rgan davlatlarga sayyohatga bormayman» dedi. Xudo yomon ko‘radigan joylar so‘zi diqqatimni tortib boyagi jahl o‘rnini o‘zgacha qiziqish egallab buklangan qog‘ozga razm soldim.

Sekingina o‘g‘limga yaqinlashib, toychog‘im bu davlatlar dunyoning eng kuchli mamlakatlari, ko‘pchilik insonlar u yerlarga sayyohat qilishni xohlaydi. Masalan men ham mana shu davlatlarga borishni orzu qilaman, qara u yerlarda dengizlar, o‘rmonlar bor dedim. Shundan so‘ng o‘g‘lim esa menga bir so‘z aytdi. «Oyi siz dengizni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz men sizni o‘zim musulmon davlatlarga sayyohatga olib boraman, musulmon odamlar bor davlatlarni Alloh yaxshi ko‘radi. Shuning uchun u yerning dengizlarida toshqin bo‘lmaydi yoki kam bo‘ladi» dedi. To‘g‘risi dunyo bir zumga to‘xtab koldi. Ich-ichimdan o‘zimning savolimga o‘zim javob berib bo‘lgan bo‘lsamda nega bunday deyapsan deb o‘g‘limga savol berdim. O‘g‘lim esa televideniye, radio yangiliklarida doim sunami, suv toshqini, yong‘in, yer qimirlashi bo‘ldi deb shu mamlakatlarni ko‘rsatishadi. Chunki u yerlarda yashovchi odamlar men, dadam bilan boradigan Allohning uyiga kam borishadi yoki umuman bormaydi dedi. Endigina maktabga chiqayotgan o‘g‘lim yangiliklarda biror-bir mamlakat hakida so‘z ketsa mendan yoki dadasidan «Bu yerni dini nima», «Bular ham Alloxga sig‘inadimi?» deb ko‘p savol berar edi. Chindan ham xayol qildim. Musulmon mamlakatlarda juda yomon tabiiy ofat bo‘lganini insonlarni bevaqt o‘limga yetaklaganini eslay olmadim. Dinimiz bu kabi mo‘’jizalarga muxtoj bo‘lmasada bu aniq mo‘’jiza edi.

Kuni kecha sevimli telekanalida Goluvvid kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan «Virus» nomli hujjatli film namoyishi bo‘ldi. Internet manbalariga ko‘ra ushbu filmda bosh rolni o‘ynagan. Goluvvidning mashhur aktirisasi Keyt Elizabet Uinslet cho‘chqa go‘shtini umuman og‘ziga olmaslikka qasam ichgan ekan. Kinoning asosiy mavzusi Xitoyga sayyohatga kelgan ayol o‘zi bilan birga cho‘chqa va ko‘rshapalaklar tashuvchi infeksiyani o‘z davlatiga olib ketishi haqida bayon qilinadi. Qariyb, uch oydan beri yuzlab insonlarni o‘lim bilan siylagan bu ofat, haqiqatdan ham SARS nomi bilan Xitoyda dengiz hayvonlari bilan savdo qiluvchi bozorda topilgan. Film real voqealarga asoslangan. Ammo bunday o‘limlar hakida biz ummatlarni ikki olam sarvari payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam 14 asr avval ogohlantirganlar. Ularning sunnatlari butun jahon olimlarini lol qoldirmokda. Hech bir tajriba klinikasi bo‘lmagan arab sahrolarida yashagan insonning ta’kidlagan haqiqatlarini mo‘’jizalarini bugun minglab insonlar eng kuchli texnik-asboblar yordamida kashf qilishmokda. Subhanalloh.

Mittigina yurakchasi bilan meni Alloh yaxshi ko‘rgan yurtlarga sayyohatga olib bormoqchi bo‘lgan o‘g‘limning peshonasidan siladim, qalbdan to‘xtovsiz Alhamdulillah zikri takrorlanaverdi. Alloh hech kimni o‘zining rizoligi yo‘lidan ayro qilmasin. Nopok hayvonlarni bizlarga xarom qilib ularning go‘shtlari kasallik deb ummatlariga cheksiz yaxshiliklar qoldirgan payg‘ambarimiz Muhammad sollalohu alayhi vasallamga durudu salovatlarimiz bo‘lsin!

Manba: islom. uz

Kiritildi: 22:21 29.02.2020. O'qildi: 7030 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!