Myunxenda 30 yoshli ayol o‘tkinchilarga pichoq bilan hujum qildi.
Bu haqda Bild nashri yozmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa mahalliy vaqt bilan taxminan 20:00da odatda dunyodagi eng yirik pivo festivali - Oktoberfest bo‘lib o‘tadigan Teresenvizeda sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, ayol o‘tib ketayotgan bir necha kishini pichoq bilan urgan, polisiya esa o‘ldirish uchun o‘t ochishga majbur bo‘lgan. Hodisadan so‘ng gumonlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan, u olgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan.
Hozircha hujumchining maqsadi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q, ammo gazetaga ko‘ra, u ruhiy muammolarga duch kelgan.