Isroil matbuoti xabarlariga ko‘ra, Isroil armiyasi G‘azodagi uzoq davom etgan urush sharoitida logistika muammolariga duch kelmoqda : tanklar, zirhli texnikalar va qurollar tobora tez-tez buzilib ketmoqda.
" Payshanba kuni 7-zirhli brigada tanklarni ehtiyot qismlar bilan ta’minlashda jiddiy qiyinchiliklar haqida ma’lum qildi. Dvigatellar, treklar va boshqaruv tizimlari kabi asosiy komponentlar armiya zahiralarida kamaymoqda, boshqa qismlar esa oddiygina mavjud emas", deb yozadi Maariv gazetasi.
Nashrning ta’kidlashicha, muammo 7-brigada bilan cheklanib qolmaydi, balki muntazam armiyaning barcha bo‘linmalariga, jumladan, zirhli, artilleriya va piyoda diviziyalariga ham ta’sir qiladi .
Yaqinda brigadalardan birida tank qurolining texnik nosozligi butun voqealar zanjiriga sabab bo‘ldi.
"Qurol haddan tashqari qizib ketgan va G‘azo shimolidagi Jabaliya mahallasida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘inni o‘chirish uchun o‘t o‘chirish mashinasi jo‘natildi. Yong‘in o‘chirilgandan so‘ng o‘t o‘chirish mashinasiga hamroh bo‘lgan karvon qo‘lbola portlovchi qurilmalar bilan XAMAS tomonidan pistirmaga uchragan, natijada uch askar halok bo‘lgan, yana ikki nafari og‘ir jarohatlangan", - deyiladi maqolada.
Oliy martabali harbiy ofiserning aytishicha , jangovar mashinalar texnik xizmat ko‘rsatish, almashtirish va modernizasiyaga muhtoj , ammo armiya ehtiyot qismlarning keskin tanqisligiga duch kelmoqda.
"Biz deyarli ikki yildan beri G‘azo, Livan va Suriyada, endi esa yana G‘azoda urush olib bordik. Mashinalar tezda yomonlashmoqda, ular doimiy ravishda bir missiyadan boshqasiga o‘tkazilmoqda".