Bugun 30 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Myunxen prokuraturasi Alisher Usmonovga nisbatan tergovni to‘xtatdi

Myunxen prokuraturasi Alisher Usmonovga nisbatan tergovni to‘xtatdi

Myunxen prokuraturasi Yevropa Ittifoqining sanksiya cheklovlari bilan bog‘liq Germaniya tashqi iqtisodiy faoliyati to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda gumon qilinib, tadbirkor Alisher Usmonovga nisbatan tergovni to‘xtatdi. Bu haqda TASSga tadbirkorning advokatlari ma’lum qildi.

Gap 2022 yilda Bavariyadagi ko‘chmas mulkni qo‘riqlash xizmatlari uchun xorijiy kompaniyalar orqali to‘lov amalga oshirilishi, shuningdek, Federal iqtisodiyot va eksport nazorati departamentida mulkiy boyliklarni deklarasiya qilish talablariga rioya etilmagani haqida bormoqda.

2024 yilda ikkala epizod ham dastlabki tergovga birlashtirildi.

Usmonovning advokatlari tadbirkorning yuqorida ko‘rsatilgan kompaniyalar bilan aloqasi yo‘qligini va unga nisbatan sanksiya qoidalari qo‘llanilmasligini ta’kidlab, barcha gumonlarni ketma-ket rad etishdi.

Tergov sud bilan kelishilgan holda va Usmonovning roziligi bilan Germaniya Jinoyat-prosessual kodeksining muayyan shartlar bajarilgan taqdirda ishni tugatishni nazarda tutuvchi 153a-moddasi tartibida tugatilgan.

Kelishuv doirasida tadbirkor xayriya maqsadlari uchun ixtiyoriy badal o‘tkazdi.

Prokuraturaning ta’kidlashicha, xuddi shu gumonlar bo‘yicha tergovni qayta tiklash istisno qilingan va Usmonovning aybsizlik prezumpsiyasi saqlanib qolmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:44. O'qildi: 283 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!