Myunxen kengashi 2028 yilgi Chempionlar Ligasi final bahsini “Alyans Arena”da o‘tkazish bo‘yicha shahar arizasini ma’qulladi.
“2025 yilda Myunxen eng yuqori saviyadagi yirik xalqaro sport musobaqalarini qabul qilishga qodir ekanini yana bir bor isbotladi. Bunday turnirlarni takroran o‘tkazish Myunxenni dunyoga mehmondo‘st, sportni sevadigan va yuqori samaradorlikka ega tashkilotchi shahar sifatida namoyon etish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ladi”, – dedi mer Dominik Krauze.
ECHL-2027/28 finali o‘tkaziladigan joyni UYEFA ijroqo‘mi 2026 yilning sentyabr oyi o‘rtalarida belgilaydi.
2027 yilgi YECHL finali esa Madriddagi “Metropolitano” stadionida bo‘lib o‘tadi.