Myanma harbiylarining mamlakat shimolidagi Sikayn mintaqasidagi qishloqqa uyushtirgan havo hujumi natijasida 100 ga yaqin kishi halok bo‘ldi. Bu haqda seshanba kuni Associated Press ma’lum qildi.
Ularga ko‘ra, zarbalar hokimiyat muxoliflari tomonidan uyushtirilgan marosim ishtirokchilariga berilgan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida bolalar ham ko‘p.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 50 ga yaqin, ammo keyinroq hukumatga qarshi ommaviy axborot vositalari e’lon qilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, ularning soni 100 ga yaqin, deya qayd etadi Associated Press. Agentlik suhbatlashgan guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, samolyot ertalab muxolifat harakatining mahalliy idorasi ochilishiga yig‘ilgan olomon ustiga bomba tashlagan.