Myanmaning shimoli-sharqidagi Namkxam shahrida sodir bo‘lgan kuchli portlash oqibatida kamida 46 kishi halok bo‘ldi va 74 kishi jarohat oldi.
Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash konchilik sanoatida ishlatiladigan portlovchi moddalar saqlanayotgan deb taxmin qilingan binoda sodir bo‘lgan.
"Yakshanba kuni Myanmaning shimoli-sharqidagi binoda portlash sodir bo‘ldi, unda dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, konchilik sanoatida ishlatiladigan portlovchi moddalar saqlanayotgan edi... Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruv xodimi vayronalar ostidan 46 kishining, jumladan, olti bola jasadi topilganini ma’lum qildi... Uning so‘zlariga ko‘ra, jarohatlanganlarning 74 nafari kasalxonalarga olib ketilgan", deyiladi agentlik hisobotida.