Myanmada harbiy hukumatga qarshi namoyishlarda qatnashishda shubhalanib fevral oyida hibsga olingan musulmon jurnalist Kay Zon Nvay Ramazonda ro‘za tutgani uchun karserga tashlandi.
«Anadolu» agentligining xabar berishicha, u Myanma Now nomli internet nashrida ishlab kelgan. Advokati Nilar Kxay jurnalistning 28 apreldan beri karserda saqlanayotganini ma’lum qildi. Kay Zon Nvay ro‘za tutgani uchun norozilik sifatida ochlik e’lon qildi deb o‘ylashgan.
«Nvay hibsxonada hech qanday norozilikka qo‘shilmadi. Farqatgina Ramazonda ro‘za tuta boshladi. Bekordan-bekor karserda saqlanyapti», – deydi advokat. U mazkur holat bo‘yicha harbiy hukumatga murojaat yo‘llagan.
Eslatib o‘tamiz, Myanmada joriy yilning 1 fevralida harbiylar to‘ntarish o‘tkazib, hukumatni egallab oldi. Harbiylar hukumatiga qarshi o‘tkazilgan namoyishlarda hozirgacha 770 dan ziyod kishi halok bo‘ldi.