Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

MY5 telekanali javobgarlikka tortildi

A A A
MY5 telekanali javobgarlikka tortildi

Joriy yilning 11 avgust kuni Intellektual mulk agentligiga “O‘zbekiston kino ishlab chiqaruvchilar assosiasiyasi”ning o‘z a’zolarining mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini himoya qilishda amaliy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi murojaati kelib tushdi.

Murojaatda “Mening yurtim” telekanali tomonidan “O‘zbekiston kino ishlab chiqaruvchilar assosiasiyasi”ning o‘z a’zolariga tegishli bo‘lgan kinofilmlar ularning ruxsatisiz va shartnoma tuzmasdan efirga uzatilganligi ta’kidlangan.

Mazkur ma’muriy ish materiallari 2021 yilning 15 sentyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, “Mening yurtim” telekanalining mansabdor shaxsiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177(1)-moddasi birinchi qismi bilan ma’muriy jarima jazosi qo‘llanilgan.

Kiritildi: 11:19 23.09.2021. O'qildi: 8665 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!