Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

My.gov.uz portali orqali 25 turdagi elektron tibbiy xizmatlardan foydalanish mumkin

My.gov.uz portali orqali 25 turdagi elektron tibbiy xizmatlardan foydalanish mumkin

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali(my.gov.uz)dan aholi va tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan 25 turdagi elektron tibbiy xizmat ham joy olgan.

Mazkur xizmatlardan uydan chiqmay turib foydalansa bo‘ladi. Buning uchun internetga ulangan qurilma bo‘lsa, kifoya.

Ular quyidagilardan iborat:

  1. COVID-19 ga qarshi emlashga yozilish va holatini tekshirish
  2. Tibbiyot tashkilotlarini akkreditasiya qilish
  3. Tana vazni va og‘irligi kalkulyatori
  4. Bolalarning emlanish taqvimi
  5. 40 yoshdan keyingi yurak qon-tomir tizimi kasalliklarining xavfini baholash nomogrammasi
  6. Oilaviy shifokorlik punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda davlat tomonidan bepul beriladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari to‘g‘risida ma’lumot
  7. Aholini profilaktik ko‘riklar va skrining dasturlaridan o‘tkazish taqvimi
  8. Sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash salomatlik ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot olish
  9. Fuqaroga biriktirilgan oilaviy shifoxona shifokori to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishish
  10. Tibbiyot muassasalarida davolanish uchun berilgan imtiyozli yo‘llanma holatini tekshirish
  11. Shifokor qabuliga yozilish
  12. Ijtimoiy ta’tillar (homiladorlik va tug‘ish ta’tillari, bolani parvarishlash ta’tillari)ga chiqishni rasmiylashtirish
  13. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy ma’lumotlarni olish
  14. Profilaktik emlanganlik holatini tekshirish
  15. Qandli diabet skriningini olish
  16. Antropometriya skriningini olish
  17. Ftiziatriya kasalliklari hisobida turish yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumot olish
  18. Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish (soddalashtirilgan tartibda)
  19. Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish (soddalashtirilgan tartibda)
  20. Tibbiyot va farmasevtika xodimlarini attestasiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish.
  21. Tibbiyot va farmasevtika xodimlariga berilgan avvalgi attestasiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikatni tekshirish va yuklash
  22. Tibbiy ma’lumotnomalarni olish (083/h shakldagi)
  23. Yurak-qon tomir kasalliklari skriningi natijalarini olish
  24. Tashkilotlar va tadbirkorlik sub’ektlarining sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi shartlariga muvofiqligi ma’lumotlari bilan tanishish
  25. Qon tahlil natijalarini tekshirish.
  26. Tegishliliga ko‘ra jismoniy va yuridik shaxslarga mo‘ljallangan ushbu xizmatlar my.gov.uz portalining “Sog‘liqni saqlash bo‘limi”dan joy olgan.
  27. Ulardan foydalanish uchun ariza beruvchi portalda ro‘yxatdan va/yoki avtorizasiyadan o‘tishi hamda so‘rov yuborishi talab etiladi. Arizalar avtomatik tarzda ko‘rib chiqilib, ma’lumotlar elektron formatda taqdim etiladi.
Kiritildi: 13:32 20.02.2025. O'qildi: 1248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!