AQSh vitse-prezidenti J.D.Vens Yevropada joylashgan harbiylarning "katta qismi"ni olib chiqib ketilishini e’lon qilishi mumkinligini Myunxen xavfsizlik konferensiyasi rahbari Kristof Xoysgen ma’lum qildi.
"Menimcha, Amerika vitse-prezidenti Amerika qo‘shinlarining katta qismini Yevropadan olib chiqish va Yevropa [o‘z-o‘zini himoya qilish] vazifasini zimmasiga olishi kerakligi haqida e’lon qiladi," - deya Xoysgen Germaniyaning Deutschlandfunk jamoat radiostansiyasiga bildirdi.
Prezident Donald Trampning Ukraina va AQSh vakillari Rossiya vakillari bilan muzokaralar o‘tkazishi haqidagi bayonotiga kelsak, Xoysgen Rossiya hukumatining birorta ham amaldori akkreditasiyadan o‘tmaganini, biroq muxolifat vakillari ishtirok etishi kutilayotganini ta’kidladi.
Shunga qaramay, Xoysgen tadbirda Trampning uch tomonlama muzokaralari bo‘lib o‘tishini butunlay istisno qila olmasligini qo‘shimcha qildi.