Bugun 26 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

“Mo‘ynoq” konidan gaz olish boshlandi

“Mo‘ynoq” konidan gaz olish boshlandi

Ustyurt platosida joylashgan “Mo‘ynoq” konida muhim geologik natijaga erishildi — 3-sonli izlov qudug‘idan sanoat miqyosida tabiiy gaz oqimi olindi. Bu haqda "O‘zbekneftgaz" AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, quduqda burg‘ilash ishlari joriy yilning 8 sentyabr kuni “O‘zneftgaz burg‘ilash ishlari” tomonidan boshlangan bo‘lib, quyi yura qatlamlari 4 940 metr chuqurlikkacha burg‘ilangan.

Ma’lum qilinishicha, uch sutka davomida mahsuldor qatlamning tabiiy xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotlar natijasida quduqning kunlik debiti, qatlam bosimi va boshqa asosiy parametrlari aniqlanmoqda.

Ayni paytda Mo‘ynoq maydonida yana ikki quduqda burg‘ilash va sinov ishlari davom etmoqda. Mutaxassislar tez orada ushbu quduqlardan ham natija olinishini kutmoqda.

Kiritildi: 20:37 25.12.2025. O'qildi: 549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!