Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikayaning aytishicha, rasmiylar mamlakatda jamoat tartibining buzilishiga va xalq xavfsizligiga putur yetkazilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Shunday mazmundagi nashr IIV rahbarining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilindi.
U sud qarorlariga e’tibor bermaslik, xalqni ko‘chaga chiqishga da’vat qilishga urinish qonunga ochiq e’tiroz ekanligini ta’kidladi.
"Hech kim qonundan ustun emas. Davlat har qanday noqonuniy urinishlarga qarshi qat’iy chora ko‘radi. Xalqni ko‘chaga chiqishga chaqirib, jamoat tartibining buzilishiga va millatimiz xavfsizligiga putur yetkazilishiga hech qanday yo‘l qo‘ymaymiz", - dedi Yerlikaya.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya muxolifatdagi Jumhuriyat Xalq partiyasi Istanbul tashkiloti raisi va Ma’muriy kengash ehtiyot chorasi sifatida lavozimidan chetlatilishi fonida CHP o‘z tarafdorlarini norozilik namoyishiga chaqirgan edi. Istanbul viloyati ma’muriyati olti tumanda mitinglar va barcha ommaviy tadbirlarni taqiqladi.