AQShning NASA kosmik agentligi nosozlik tufayli Xalqaro kosmik stansiyada tiqilib qolgan Boeing kompaniyasining Starliner kosmik kemasi ekipajsiz Yerga qaytdi.
NASA bayonotida aytilishicha, Starliner avtopilotda Yerga qaytgan. Kema bortida astronavtlar Batch Uilmor va Suni Uilyams bo‘lgan. U texnik nosozliklar tufayli iyun oyi boshidan beri koinotda kutmoqda.
Ta’kidlanishicha, Xalqaro kosmik stansiyadan havoga ko‘tarilgan kema AQShning Nyu-Meksiko shtatidagi White Sands kosmodromiga qo‘ngan.
Boeing kompaniyasining koinotga yuborilgan Starliner kemasi muvaffaqiyatsiz tugadi
Boeing Starliner kosmik kemasini 5 iyun kuni bortida ikki NASA astronavti bilan, ikki marta uchirish kechikishidan so‘ng ilk bor koinotga jo‘natdi.
Tekshiruvlarga qaramay, geliy oqishi muammosi manbasi topilmadi va kosmik kemaning Yerga qaytishi to‘rt marta kechiktirildi.
NASA nosoz kemada ikki kosmonavtni Yerga qaytarishni o‘ta xavfli deb hisoblab, astronavtlar 2025 yilning fevraligacha koinotda qolishini ma’lum qildi.
Shunday qilib, bir hafta davom etishi kerak bo‘lgan sinov parvozi sakkiz oydan ortiq davom etadi.