Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Mutaxassis: Telefonni tun bo‘yi quvvatlantirish zararli

Mutaxassis: Telefonni tun bo‘yi quvvatlantirish zararli

Oliy moliyaviy menejment maktabining tahlil va IT tadqiqotlari bo‘limi boshlig‘i Mixail Kogan Praym agentligiga tunda smartfonni quvvatda qoldirish zararli ekanligini ma’lum qildi.

Koganning so‘zlariga ko‘ra, batareyani quvvatsiz holda ham qoldirmaslik kerak. Yaxshisi, telefon quvvati 20 foizdan pastga tushmasligi zarur. Shu bilan birga, telefonni doimiy ravishda quvvatlantirishning ham foydasi yo‘q. Shunday qilib, Battery University telefon quvvatini 30-80 foiz darajada ushlab turishni maslahat beradi.

Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, yong‘in xavfsizligi nuqtai nazaridan eski telefon apparati modellarida imkoniyatlar juda kam. Bundn tashqari, ular quvvat olayotganda qizib ketadi. Ayniqsa, ular biron bir narsa, masalan, yostiq ostiga tushib qolgan taqdirda yong‘in xavfini ham keltirib chiqarishi mumkin.

Kiritildi: 08:58 07.06.2020. O'qildi: 4403 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!