Bugun 9 may, 2026 yil, shanba

КИР

Mutaxassis: Tanadagi toshmalar ko‘p shaklli eritema alomati bo‘lishi mumkin!

A A A
Mutaxassis: Tanadagi toshmalar ko‘p shaklli eritema alomati bo‘lishi mumkin!

— Teridagi qizarish va toshmalar tez-tez kuzatiladigan holat va buning o‘ziga xos sabablari bor. Masalan, ayrim yuqumli kasalliklar, dermatologik muammolar, intoksikasiya, qon aylanishining buzilishi shunday beliglar bilan namoyon bo‘lishi mumkin.

Tanadagi toshmalar — ko‘p shaklli eritema xastaligiga ham xos tashqi alomat. Bu dard allergik xususiyatga ega bo‘lib, ko‘proq bahor va kuz mavsumida kuchayishga moyil. Undan aziyat chekuvchi qatlam — asosan o‘rta yoshli bemorlar.

Kasallikni keltirib chiqaruvchi sabablar turlicha. Statistik tahlillar ko‘p shaklli eritemaga chalinganlarning taxminan 70 foizi surunkali yuqumli kasalliklar, xususan, sinusit, surunkali tonzillit, o‘rta otit, pulpit yoki piyelonefritga moyilligini tasdiqlaydi.

Bunday bemorlarda xastalik kuchayishi davrida T-hujayra immunitetining pasayishi aniqlanadi.

Xastalikning ikkita asosiy turi mavjud. Eng ko‘p tarqalgani — yuqumli-allergik ko‘p shaklli eritema. U organizmdagi infeksiyaning surunkali o‘chog‘iga nisbatan allergik reaksiya natijasida yuzaga keladi.

Mazkur xastalikning rivojlanishi yoki avj olishida birgina surunkali infeksiya o‘chog‘ining o‘zi yetarli emas. Buning uchun qo‘zg‘atuvchi omillarning ma’lum kombinasiyasi zarur. Masalan:

immunitet tanqisligi;
gipotermiya, ya’ni sovqotish;
ultrabinafsha nurlanish;
ba’zi oziq-ovqat konservantlari (benzoatlar, formaldegid va boshqalar);
psixo-emosional stress;
ovqat hazm qilish tizimi patologiyasi (surunkali gastrit, disbakterioz);
autoimmun kasalliklar va onkopatologiya;
O‘RVI, tonzillit va boshqa kasalliklar.

Ko‘p shaklli eritemaning toksik-allergik turi esa odatda amidopirin, barbituratlar, sulfanilamidlar va tetrasiklinlar guruhiga mansub ba’zi dorilar ta’sirida rivojlanadi.

Umumiy holsizlik, isitma, mushaklar og‘rig‘i va artralgiya ko‘p shaklli eritemaning ilk alomatlari hisoblanadi. So‘ng ikki kun ichida teri va shilliq qavatda qizil-pushti rangdagi toshmalar paydo bo‘ladi.

Ushbu papulalar tezda kattalashib, diametri 2-3 santimetrga yetadi. Toshmalar o‘rtasida va ba’zi hollarda terining sog‘lom qismlarida ham pufakchalar paydo bo‘lishi mumkin.

Eritema dog‘lari asosan qo‘l va oyoqlarning orqa qismi, tizzalar, tirsak sohasida yuzaga keladi. Ayrim vaziyatlarda og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavati va lablarning shikastlanishiga ham olib keladi.

Kasallikning toksik-allergik shakli esa dastlabki umumiy holsizlik va og‘riqlar bilan boshlanib, toshmalar darhol paydo bo‘ladi.

(Davomi bor!)

Kiritildi: 10:19 21.07.2023. O'qildi: 13827 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!