Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Mutaxassis: “Paqildoq”lar bolalarni ko‘rish qobiliyatidan butunlay mahrum qilishi mumkin

A A A
Mutaxassis: “Paqildoq”lar bolalarni ko‘rish qobiliyatidan butunlay mahrum qilishi mumkin

Inson tabiatan o‘ziga ham, yaqinlariga ham yomonlikni ravo ko‘rmaydi. Ayniqsa, farzandlarini turli falokatlardan uzoq tutadi. Ammo Yangi yil arafasida avj olayotgan “paqildoq”lar mavsumida buning aksi kuzatilmoqda.

Otabek Ikromov,
Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi bosh shifokori:

— Har yili Yangi yil arafasida va bayramdan keyingi kunlarda “paqildoq” va salyutlardan olingan jarohatlar tufayli birgina bizning shifoxonamizga yuzga yaqin og‘ir ahvoldagi bemorlar murojaat qiladi.

Yuz, qo‘l sohalarida og‘ir kuyish, ko‘zlar shikastlanishi va ko‘rish faoliyati qisman yoki butunlay buzilishi kuzatiladigan bunday bolalar, afsuski, tegishli muolajalardan keyin ham qator asoratlardan aziyat chekmoqda. Hatto bemorlardan bir qismi lahzalik zavq uchun umrbod nogironlikka mahkum bo‘lyapti.

Ko‘zning pirotexnika vositalari ta’sirida kuyishi bir necha darajaga bo‘linadi:

I daraja(engil kuyish)da ko‘z terisi va shilliq qavati qizarishi, shishishi, eroziyalangan yuzalar shox pardada paydo bo‘lishi kuzatiladi. Bu alomatlar ko‘rish qobiliyatining pasayishiga olib keladi.

II daraja(o‘rtacha kuyish)da ko‘z shox pardasi va kon’yunktivasida pufakchalar hamda shox parda yuzasida xiralashish paydo bo‘ladi .

III daraja(og‘ir kuyish)da shox pardaning chuqur xiralashishi, qovoqlar nekrozi yuz beradi.

IV daraja(o‘ta og‘ir kuyish) barcha ko‘z to‘qimalarining chuqur nekrozi bilan kechadi.

‼️ Shulardan kelib chiqib, ota-onalar va aziz farzandlarimizni yana bir bor ogohlikka chaqiramiz.

Kiritildi: 15:17 29.12.2022. O'qildi: 1404 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!