Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Mutaxassis koronavirusdan 80 foizga himoyalanish usulini o‘rgatdi

Mutaxassis koronavirusdan 80 foizga himoyalanish usulini o‘rgatdi

Kaliforniya universiteti tibbiyot fakulteti professori, biologiya fanlari doktori Sharof Tugizov Kun.uz bilan suhbatda muhim tavsiyalar berib o‘tdi:

«Koronavirusni nazorat qilish qiyin emas. Virusdan himoyalanishning 3ta eng muhim usuli bor: qo‘lni doimo sovun bilan yuvib yurish, niqob taqishimiz va oraliq masofani saqlashimiz kerak (o‘rtacha 2 metr). Bu haqida bir nechta ilmiy maqolalar yozildi, fan buni isbotladi.

Tibbiy niqobni bir kunda o‘rtacha 4 marta almashtirish kerak. Uyda tikilgan niqobni ham taqish mumkin. Ammo har qanday niqobni har ikki soatda almashtirish zarur. Bularning bari oddiy, lekin niqob taqilsa, virus 80 foiz nazorat qilinadi. Ichkariga kirmaydi.

Qo‘l yuvib, niqob taqib, masofa ushlansa, virus organizmga juda oz tushadi, hatto xonaning ichida ham. Kasallik yuqqan taqdirda ham virusning dozasi tanaga oz miqdorda kiradi. Buni nisbatan davolash oson va yengil kechadi».

Kiritildi: 15:03 13.08.2020. O'qildi: 4741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!