Tramp AQSh Moliya vaziri lavozimiga milliarder Skott Bessent nomzodini ilgari surdi
Bu haqda Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.
Skott Bessent milliarder va yirik investor bo‘lib, u Trampning bosh iqtisodiy maslahatchisi bo‘lib ishlagan. Bessent Trampning aksariyat iqtisodiy tashabbuslarini, jumladan soliqlarni kamaytirish va xorijiy mahsulotlarga bojlarni oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi. U shuningdek, kriptovalyutalarni rivojlantirishning ashaddiy tarafdori.
Shu bilan birga, tahlilchilar Bessentni mo‘’tadil nomzod deb hisoblashadi. U Kongress bilan Trampning ko‘plab bahsli g‘oyalarini muhokama qilishga mumkin.