Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Mustaqillikning 32 yilligi arafasida bir guruh tibbiyot xodimlari yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

A A A
Mustaqillikning 32 yilligi arafasida bir guruh tibbiyot xodimlari yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bilan yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shgan katta hissasi uchun bir guruh yurtdoshlarimiz qatorida sog‘liqni saqlash sohasi vakillari ham taqdirlandi.

Ular quyidagilar:

💎 “Mehnat shuhrati” ordeni bilan:

Irismetov Murodjon Ergashevich — Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori;

Usmanova Malika Shamsutdinovna — Toshkent shahar perinatal markazi direktorining neonatal xizmati bo‘yicha o‘rinbosari;

💎 I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan:

Djabbarova Yulduz Qosimovna — Toshkent pediatriya tibbiyot institutining kafedra professori;

💎 II darajali “Salomatlik” ordeni bilan:

Abdullayeva Nargiza Nurmamatovna — Samarqand davlat tibbiyot universitetining davolash ishlari bo‘yicha prorektori – ko‘p tarmoqli klinikasi bosh shifokori, Samarqand viloyati;

Boltayev Abdukarim Majitovich — Boysun tumani tibbiyot birlashmasining «Machay» oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Surxondaryo viloyati;

G‘aybullayeva Shaxzoda Jalalovna— Sardoba tumani tibbiyot birlashmasining “G‘afur G‘ulom” oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Sirdaryo viloyati;

Nadirova Saodat Fayzillovna — Nishon tumani tibbiyot birlashmasining ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokori, Qashqadaryo viloyati;

Saidov Maksud Arifovich — Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori;

Xalimova Zamira Yusufovna — Akademik YO.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;

Halilov Najmiddin Shermatovich — Tomdi tumani tibbiyot birlashmasining jarrohlik bo‘limi mudiri, Navoiy viloyati;

Yunusov Abdulmajit Abdulaxatovich — Bag‘dod tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori, Farg‘ona viloyati;

💎"Sog‘lom turmush" medali bilan:

Jonizoqova Sayyora Sonnibayevna — Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasining 17-oilaviy poliklinikasi patronaj hamshirasi, Jizzax viloyati;

Jumaboyeva Marg‘uba Umirbekovna — Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining gematologiya bo‘limi mudiri;

Toshboyev Raximjon Axmedovich — Qorasuv shahar tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi anesteziolog-reanimatologi, Andijon viloyati;

💎 "Shuhrat" medali bilan:

Gukasyan Narine Rudolfovna — U.Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy-asab kasalxonasi logopedi;

Mamasadikov Nurillo Shukrullayevich — Farg‘ona shahridagi «Meridian Diagnostic Hospital» tibbiyot markazi rahbari, Farg‘ona viloyati.

Kiritildi: 11:12 28.08.2023. O'qildi: 2799 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!