Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Musofir yurtda sog‘lig‘ini yo‘qotdi va ishsiz qoldi, keyin esa...

Musofir yurtda sog‘lig‘ini yo‘qotdi va ishsiz qoldi, keyin esa...

Riga shahriga pul topish maqsadida kelgan K.F. sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga duch keladi va ishsiz qoladi. Shu munosabat bilan u elchixonaga O‘zbekistonga qaytishida amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Diplomatlar Latviya Migrasiya xizmati xodimlari bilan muzokaralar o‘tkazdi va vatandoshimizning O‘zbekistonga qaytishi bilan bog‘liq hujjatlarni tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatdi. Elchixona va Xalqaro migrasiya tashkilotining Rigadagi vakolatxonasi ko‘magida hamyurtimiz vaqtincha turar joy bilan ta’minlandi. Shuningdek, uning Vatanga qaytishi uchun aviachipta sotib olib berildi.

Vatandoshimiz 8 avgust kuni Rigadan O‘zbekistonga "Uzbekistan Airways" aviareysida kuzatib qo‘yildi.

Kiritildi: 05:19 13.08.2025. O'qildi: 1258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!