14 sentyabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida yirik professional boks turniri bo‘lib o‘tadi.
Musobaqaning asosiy bahsi ikkinchi eng yengil vazn toifasidagi yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue hamda ushbu vazn toifasida WBA yo‘nalishi bo‘yicha vaqtinchalik chempion bo‘lib turgan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasida o‘tkaziladi.
Telegram'dagi Boxer TV loyihasining yozishicha, Ahmadaliyev ishtirokidagi bellashuvni O‘zbekiston hududida translyasiya qilish bo‘yicha "ZO`R TV" telekanali ish boshlagan. Biroq hozircha translyasiya masalasi haqida rasman xabar berilganicha yo‘q.
Ushbu jang 14 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan taxminan 16:30dan so‘ng boshlanishi kutilmoqda.