Taniqli tadbirkor, “Murad Buildings” kompaniyasi asoschisi Murod Nazarov 23-sonli mehribonlik uyidan 9 nafar qiz asrab oldi. Ularning birgalikda tushgan suratlari bugun ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan, deb yozadi "xabardor.uz".
Murod Nazarovning o‘zi ham Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida farzandlari soni 14 taga yetganini ma’lum qilgan. U profilning yuqori qismiga "14 farzandning otasi" degan jumlani qo‘shib qo‘ygan.
Ma’lumot uchun, Murod Nazarovning bunga qadar 3 nafar qiz va 2 o‘g‘il farzandi bor edi.