Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Munisa Rizayeva: “Xudoga shukr, uylanmoqchi bo‘lgan yigitlar juda ko‘p”

Munisa Rizayeva: “Xudoga shukr, uylanmoqchi bo‘lgan yigitlar juda ko‘p”

Xonanda Munisa Rizayeva Instagramdagi sahifasida muxlislari tomonidan yozilgan munosabatlarga javob qaytardi.

Bu haqda "everyday.uz" yozmoqda.

Xonandaning obunachilari unga “alfons” topdingizmi, qachon to‘y, degan mazmunda savollar yo‘llagan.

Unga javoban xonanda “alfons” izlamayotganini, undaylarni qidirish ham shart emasligini, ular har joyda topilishini va ayol kishi kimnidir izlashi yaxshi emasligini aytgan.

“Xudoga shukr, menga uylanmoqchi bo‘lgan yigitlar juda ko‘p. Men haqimda qayg‘urmang”, – deydi xonanda.

Rizayeva, shuningdek, unga o‘z oldiga yuksak marra qo‘ygan, oyoqqa turgan, o‘qimishli va aqlli erkak kerakligini aytgan.

“Menga “neudachnik” kerak emas! O‘z ota-onasini hurmat qiladigan va barchani birdek qadrlaydigan erkak kerak. Hech qachon kech bo‘lmaydi”, – deya ta’kidladi Rizayeva.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sirli oshiq xonandaga syurpriz tayyorlagan edi. Noma’lum erkak xonandaning uyiga kiraverishini romantik usulda bezatgandi.

Kiritildi: 06:00 03.12.2020. O'qildi: 10050 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!