Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Mundial ochilish o‘yinida maydonga tushadigan Janubiy Afrika terma jamoasi Meksikaga uchib keta olmadi

Mundial ochilish o‘yinida maydonga tushadigan Janubiy Afrika terma jamoasi Meksikaga uchib keta olmadi

JAR terma jamoasi bir qancha o‘yinchilar va xodimlarning viza muammolari sababli jahon chempionatiga o‘z vaqtida jo‘nab keta olmadi.

Jamoa yakshanba kuni charter reysi orqali Meksikaning Pachuka shahridagi mashg‘ulot bazasiga uchib ketishi kerak edi, ammo reys qoldirildi. JCh doirasidagi Meksikaga qarshi dastlabki o‘yingacha 11 kun qoldi.

JAR futbol assosiasiyasi (SAFA) parvozning barbod bo‘lishiga ayrim o‘yinchilar va rasmiy shaxslardagi «viza bilan bog‘liq qiyinchiliklar» sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Tashkilot jamoa imkon qadar tezroq Mexikoga uchib ketishi uchun ish olib borayotganini bildirdi.

«SAFA jamoa Mexikoga imkon qadar tezroq uchib ketishi uchun kecha-yu kunduz ishlamoqda. Biz jamoaning turnirga tayyorgarligi reja bo‘yicha kechishini ta’minlashga qat’iy ahd qilganmiz. Jo‘nab ketgunga qadar terma jamoa Yoxannesburgda mashg‘ulotlarni davom ettiradi», — deyiladi assosiasiya bayonotida.

JAR JChdagi ishtirokini 11 iyun kuni Meksikaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Jamoa jahon chempionatida 2010 yildan buyon, ya’ni turnirga o‘zi mezbonlik qilganidan beri ilk bor ishtirok etmoqda.

Bu terma jamoa atrofidagi birinchi ma’muriy mojaro emas. Saralash bosqichida JAR deyarli JCh yo‘llanmasidan mahrum bo‘lishiga sal qolgandi: Lesoto ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g‘alaba diskvalifikasiya qilingan Teboxo Mokoenaning maydonga tushgani sababli bekor qilingan edi. Shunga qaramay, janubiy afrikaliklar guruhda Nigeriya va Beninni bir ochko farq bilan ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egallagandi.

A guruhida JAR, shuningdek, 18 iyun kuni Atlantada Chexiya va 24 iyun kuni Monterreyda Janubiy Koreya bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: Bugun 20:23. O'qildi: 181 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!