2024-yil 18-iyul kuni soat 17:06 da “Sirdaryo IYES” va “Toshkent-500” podstansiyasida differensial fazali himoyasidan muvaffaqiyasiz avtomatik qayta ulash bilan “L-502” elektr uzatish tarmog‘i avariyaviy o‘chgan va soat 18:00 da ushbu avariya bartaraf etilgan.
Havo tarmog‘i ko‘rikdan o‘tkazilganda, Toshkent viloyatining Piskent tumani hududidan o‘tuvchi tarmoqning 165-166-tayanchlari oralig‘ida begona shaxslar tomonidan qurigan somon qoldiqlari yoqib yuborilganligi aniqlandi.
Dastlabki o‘rganishlar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qarori talablarining qo‘pol ravishda buzilishi mazkur o‘chishga sabab bo‘lganligini ko‘rsatdi.
Hurmatli iste’molchilar, ushbu qarorga muvofiq, 110, 220 va 500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlarining muhofaza zonalarida ekologik zarar hamda yong‘in keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan harakatni sodir etganlik uchun javobgarlik mavjud.
Eslatib o‘tamiz, elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonalarida olov yoqish hamda yoqilg‘i-moylash materiallarini tashlash va quyish, axlatxonalarni joylashtirish, shuningdek, ko‘plab odamlar yig‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday tadbirlarni o‘tkazish hamda har qanday obektni, predmetni joylashtirish taqiqlanadi.