«Liverpul» Yevropa Chempionlar Ligasi 6-turi doirasida 9 dekabr kuni «Midtyulland» bilan bahs yuritdi (1:1).
Uchrashuvning 55-soniyasida «qizillar» hujumchisi Muhammad Saloh jamoasining uchrashuvdagi yagona goliga muallif bo‘ldi. Bu «Liverpul»ning Chempionlar Ligasi tarixidagi eng tezkor goli bo‘ldi.
Shuningdek, bu Saloh uchun «Liverpul» safida Chempionlar Ligasidagi 22-gol bo‘ldi. Misrlik futbolchi «Liverpul» sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrardni (21 ta gol) ortda qoldirgan holda klubning Chempionlar Ligasidagi eng yaxshi to‘purariga aylandi.
2020/21 yilgi mavsumda Saloh Premyer Ligada 10 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.