Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Muhammad Saloh futbolchilik faoliyatini qachon yakunlashi haqida gapirdi

Muhammad Saloh futbolchilik faoliyatini qachon yakunlashi haqida gapirdi

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh futbolchilik faoliyatini qachon yakunlashi haqidagi savolga javob berdi.

"Menimcha, 39 yoki 40 yoshimgacha o‘ynay olaman. Lekin agar bundan avval to‘xtash vaqti kelganini his qilsam, faoliyatimni yakunlayman.

Men ko‘p narsalarga erishdim. "Liverpul" bilan shartnomam tugash arafasida edi. Garchi men Saudiya Arabistoni chempionatiga o‘tishga juda yaqin bo‘lgan bo‘lsam ham o‘zaro kelishuvga erisha oldik", – dedi misrlik futbolchi.

Ushbu mavsum Muhammad "Liverpul" safida barcha musobaqalarda 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 34 ta gol urdi va 23 ta assist amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:56 28.05.2025. O'qildi: 398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!