Bugun 10 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Mo‘g‘ulistondagi o‘rmon-dasht yong‘inlari 38430 gektar yerni yo‘q qildi

A A A
Mo‘g‘ulistondagi o‘rmon-dasht yong‘inlari 38430 gektar yerni yo‘q qildi

Mo‘g‘ulistonda o‘rmon-dasht yong‘inlari natijasida 38430 gektar yer vayron bo‘lgan.

Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga tayanib CentralAsia (MNG) xabar berdi.

«Mo‘g‘ulistonning Xentiy viloyatidagi Norovlin somoni va Dornod viloyatining Matad somonida o‘rmon-dasht yong‘inlari sodir bo‘ldi. Yong‘inlarni o‘chirishga o‘t o‘chiruvchilar va mahalliy aholi jalb qilindi», — deyiladi xabarda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, o‘rmon-dasht yong‘inlarining aksariyati odamlarning ehtiyotsizligi, yong‘inga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lish, bahor faslida o‘t-o‘lanlarni yoqish natijasida sodir bo‘ladi.

Mo‘g‘uliston Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi Ulan-Bator va 21 ta Mo‘g‘ul viloyati aholisiga quruq joylarda olov yoqmaslik va sigaret qoldig‘ini yerga tashlamaslik tavsiyasi bilan yana bir bor murojaat qildi.

2024 yil boshidan buyon Mo‘g‘ulistonda jami 44 ta o‘rmon-dasht yong‘inlari qayd etildi, natijada 435 ming gektardan ortiq o‘rmon va yaylovlar vayron bo‘ldi.

Kiritildi: 16:56 03.05.2024. O'qildi: 1217 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!