Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Mo‘g‘ulistonda qo‘y qirqish bo‘yicha jahon musobaqasi bo‘lib o‘tadi

Mo‘g‘ulistonda qo‘y qirqish bo‘yicha jahon musobaqasi bo‘lib o‘tadi

Mo‘g‘ulistonda ilk bor qo‘y qirqish bo‘yicha xalqaro “Oltin qaychi – 2025” musobaqasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi Monsame.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad - chorvachilik tarmog‘iga ilg‘or usullar, texnika va texnologiyalarni joriy etish, chorvachilik xomashyosi sifatini oshirishdan iborat.

Musobaqa Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux tashabbusi bilan 2025 yilning 20-21 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Qo‘y qirqish bo‘yicha xalqaro musobaqalar 1961 yildan beri dunyoning turli mamlakatlarida o‘tkazib kelinmoqda. Birinchi jahon chempionati 1977 yilda bo‘lib o‘tgan va o‘shandan beri muntazam ravishda har ikki-uch yilda bir marta o‘tkazib kelinadi.

Xalqaro miqyosda tanlov ikki yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi: “jun bosuvchi” va “jun saralovchi”. Mo‘g‘ulistonda 2022 yilda qo‘y qirquvchilarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, shu kungacha 28 kishi ushbu sohada kasbiy malaka oldi.

Kiritildi: 21:43 29.05.2025. O'qildi: 531 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!