Ulan-Batordagi markaziy maydonda to‘plangan namoyishchilar asosiy yo‘lda harakatni to‘sib qo‘yishdi.
“Ozodlik alyansi” partiyasi tomonidan tashkillashtirilgan miting bugun ertalabdan boshlandi. Mahalliy matbuotning yozishicha, tushga qadar maydonga 3 mingga yaqin odam to‘plangan.
Namoyishchilar mamlakat hukumati ob-havo ifloslanishi va ishsizlikka qarshi kurasha olmayotganidan noroziligini bildirmoqda.