Media turdan so‘ng, Mudofaa vazirligida harbiy mobil innovasion tibbiy markaz bilan tanishtiruv o‘tkaildi. .
Zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va jahon talablariga to‘liq javob beruvchi mazkur harbiy mobil innovasion markazning afzalligi shunda-ki, unda bir vaqtning o‘zida ikki nafar og‘ir ahvoldagi bemorga tibbiy xizmat ko‘rsatish, yana bir nafar bemorda jarrohlik amaliyoti o‘tkazish imkoniyati mavjud va u har qanday iqlim sharoitida ishlashga mo‘ljallangan.
Ushbu markazda barcha murakkab jarrohlik amaliyotlari, jumladan, konikotamiya, traxeostamiya, laprosintez, tarakosintez, yurak jarrohatlanganda jarohat olgan qon tomirlarini tikish yoki vaqtincha shunt qo‘yish bajarish mumkin.
Mobil markazda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilayotganida jarohatga infeksiya tushishining oldini olish maqsadida maxsus to‘siq va ichkaridagi havoni tashqariga chiqaruvchi havo filtiri o‘rnatilgan. Shuningdek, bu yerda jarrohlik lampasi ustiga kamera joylashtirilgan bo‘lib, bu orqali joylardagi harbiy gospitallarning tajribali mutaxassislari jarayonni bevosita onlayn tarzda kuzatishlari, zarur holda o‘z tavsiya va maslahatlarini berib borishadi.