Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Mozambik shimoliy qirg‘oqlarida kemaning cho‘kib ketishi oqibatida 90 dan ortiq odam halok bo‘ldi

A A A
Mozambik shimoliy qirg‘oqlarida kemaning cho‘kib ketishi oqibatida 90 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Mozambik shimoliy qirg‘oqlarida paromning cho‘kib ketishi oqibatida 90 dan ortiq odam halok bo‘ldi.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, kemada 130 kishi bo‘lgan. Halok bo‘lganlar orasida bir qancha bolalar ham bor.

BBC xabariga ko‘ra, Mozambikning Nampula provinsiyasi rahbari Jeymi Neto hodisa oqibatida besh kishi qutqarib qolinganini ma’lum qilgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, vabo epidemiyasi tarqalayotgani haqidagi yolg‘on ma’lumotlar tufayli kemada vahima boshlangan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil sentyabr oyida Mozambikda boshlangan vabo epidemiyasi mamlakatning shimoliy hududlariga ta’sir qilishda davom etmoqda. Umuman olganda, epidemiya boshlanganidan 2023 yilning fevraligacha mamlakatda 37 kishi vafot etgan, 5237 ta shubhali holat aniqlangan.

Kiritildi: 19:06 08.04.2024. O'qildi: 1011 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!