"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Real"ni Chempionlar ligasidan chiqarib yuborishga ahd qilgan. Jamoalar qit’aning eng nufuzli klub turnirining o‘tish bosqichida to‘qnash kelishadi.
"Men "Real"ni Chempionlar ligasidan chiqarib yuborishni, keyin esa Arbeloa Ispaniya chempionatida g‘olib chiqib, yanada kattaroq yutuqlarga erishishini juda istardim. U ajoyib yigit va bunga loyiq", — deya Mourinyoning so‘zlarini keltiradi "The Touchline".
"Benfika" va "Real" o‘rtasidagi dastlabki o‘yin 17 fevral kuni Lissabonda Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boshlanadi. Yanvar oyi oxirida "Benfika" o‘z maydonida "Real"ni 4:2 hisobida mag‘lub etgan va shu sababli pley-offga yo‘l olgan edi.
O‘yin so‘nggida lissabonliklar tarkibida darvozabon Anatoliy Trubin gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.