Bugun 26 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

"Mourinyo "Real"ga faqat maosh uchun kelganmi?"

"Mourinyo "Real"ga faqat maosh uchun kelganmi?"

"PSJ"ning sobiq futbolchisi Jerom Roten portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyoning "Real" bosh murabbiyi sifatidagi faoliyatiga keskin baho berdi.

"U hech narsani o‘zgartirmadi. Hatto jamoasini derbiga munosib tayyorlay ham olmadi. So‘nggi o‘yinda "Atletiko" futbolchilari maydonda jon-jahdi bilan harakat qildi. "Real" haqida esa bunday deb bo‘lmaydi. Mourinyu bu yerga faqat maosh olish uchun kelganmi?" — deya Rotenning so‘zlarini Rothen s'enflamme akkaunti keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, "Real" so‘nggi uchrashuvda "Atletiko"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Ispaniya chempionatining yetti turidan so‘ng Mourinyu shogirdlari peshqadam "Barselona"dan 6 ochko ortda qolmoqda.

Kiritildi: 11:21 23.09.2026. O'qildi: 651 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!