Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Mourinyo Mbappening tanqidchilariga keskin javob qaytardi

Mourinyo Mbappening tanqidchilariga keskin javob qaytardi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa hujumchisi Kilian Mbappega nisbatan bildirilayotgan tanqidlarga munosabat bildirdi.

Avvalroq «Real»da jarohatidan tiklanish o‘rniga sayohatga ketgan hujumchining xatti-harakatlaridan norozilik mavjudligi haqida xabarlar tarqalgandi.

«OAVning bu ishi mutlaqo bema’nilik. Mbappe jarohatidan keyin klubga keldi va tibbiyot xodimlari bilan maslahatlashdi. Uning tiklanish rejasi bor, ammo bu haqda sizlar bilishingiz shart emas.

Shundan keyin butun boshli shov-shuv boshlandi. Go‘yoki OAVda so‘nggi ikki hafta ichida futbolda yuz bergan muammolarning o‘zi yetarli emasdek. Odamlar janjal chiqarish uchun bahona izlash bilan band.

Avvaliga tungi klub haqida gap-so‘zlar tarqaldi, vaholanki, bunday voqea bo‘lmagan. Keyin Shveysariyada velosiped bilan bog‘liq hodisa haqida yozishdi. Aslida esa velosipedlar mehmonxona hududi ichida harakatlanish uchun mo‘ljallangan.

«Real» — bu «Real». Siz, jurnalistlar, doimo biror narsani kovlashtirishga urinasiz. Matbuot anjumanidagi birinchi savol faqat o‘yin haqida bo‘ladi, deb o‘ylagandim», — dedi Mourinyo.

Kiritildi: 14:45 09.10.2026. O'qildi: 689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!