Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Mossadning “Pegasus” dasturi Fransiya prezidentini ham kuzatganmi?

Mossadning “Pegasus” dasturi Fransiya prezidentini ham kuzatganmi?

Isroilning “Hizbulloh” a’zolari peyjer va rasiyalarni portlatish operasiyasi tarixda yangi sahifa ochdi. Endi xavfsizlik organlari ular nafaqat kuzatilishi mumkinligini, balki jarohatlanishi mumkinligini ham bildi. Xavfsizlik sohasi ham katta savollar ostida qoldi. Axir Mossadning “Pegasus” dasturi Fransiyadek davlat prezidentini ham kuzatgan.

Ushbu operasiya ko‘pchilikni qo‘rqitib qo‘ydi. Masalan, “Hizbulloh”ning ittifoqchisi va homiysi Eronni ham. Tehron Isroil bir necha bor “Hizbulloh”ni bombalasa ham hech qanday jiddiy chora ko‘rgani yo‘q. Hatto tahdidli bayonotlar ham yo‘qoldi. Oyatullohning oxirgi nutqida Livan tilga olinmadi. Yangi prezident Pizishkiyon “Isroil bizni hech kim g‘olib bo‘lmaydigan urushga tortmoqchi. Agar Tel-Aviv harbiy kuchdan foydalanmasa, biz ham foydalanmaymiz” dedi.

Eronning radikal nashrlari ham yahudiy davlatiga qarshi pafosli chaqiriqlarni to‘xtatib, islom davlatlarini Isroilga qarshi birlikka chaqirmoqda. Isroil Livanga bostirib kirishga tayyorligini e’lon qildi. Eron tomoni hozircha bunga javoban qanday chora ko‘rishini aytgani yo‘q.

Aksariyat davlatlar harbiylari hali ham rasiya va peyjerlarga bog‘langan zamonda, Isroilning bunday tryuki juda kutilmagan bo‘ldi. Demak, barcha peyjerlar eshitilishi, boshqarilishi mumkin, Isroil qo‘lida balki bundan kattaroq hajmdagi qurollar ham bor. Bu operasiya xavfsizlik sohasida yangi davrni boshlab beradi.

Kiritildi: 23:05 26.09.2024. O'qildi: 2185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!