Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Moskvadagi yotoqxonalardan biri oldida afrikalik talabaning jasadi topildi. U qidiruvga berilgandi

Moskvadagi yotoqxonalardan biri oldida afrikalik talabaning jasadi topildi. U qidiruvga berilgandi

Moskvada, Yaroslavl shossesidagi yotoqxonaning derazalari ostida afrikalik talabaning jasadi topildi. Bu haqda "Komsomolskaya Pravda" xabar bermoqda.

Burundi fuqarosi, 31 yoshli Julive Makoroka Moskva davlat qurilish institutida o‘qigan. 22 oktyabr kuni kechqurun u yotoqxonadan do‘konga chiqib ketgan va qaytib kelmagan. Uning yo‘q bo‘lib ketishidan xavotir olgan qo‘shnilar va do‘stlari Juliveni izlab topa olmagach, chet el fuqarosi yo‘qolib qolganligi to‘g‘risida polisiyaga murojaat qilishgandi.

25 oktyabr kuni erta tongda qorovul yotoqxonaga tutash hududda butalar ichida talabaning jasadiga duch keldi. U Julive Makoroka edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, talabani o‘ldirib, keyin butalar oldigacha sudrab kelishgan. 

Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 111-moddasi ("Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, beparvolik natijasida jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lish") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Polisiya talabani urib o‘ldirgan jinoyatchini qidirmoqda.

Kiritildi: 14:15 28.10.2020. O'qildi: 2315 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!