Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodida yong‘in kelib chiqdi

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodida yong‘in kelib chiqdi

Rossiya Favqulodda vaziyatlari ma’lumotlarga ko‘ra, hududda balandligi 10 metrdan ortiq bo‘lgan ikki yonish markazi qayd etilgan. 

Moskva Janubidagi Kapotnya neftni qayta ishlash zavodida bugun ertalab yong‘in kelib chiqdi. 

Rossiya Favqulodda vaziyatlari ma’lumotlarga ko‘ra, hududda balandligi 10 metrdan ortiq bo‘lgan ikki yonish markazi qayd etilgan. 

RIA Novostining bu haqidagi xabarida aytilishicha, yong‘inga murakkablikning yuqori darajasi berilgan. O‘t o‘chiruvchilar hududda yong‘inni bartaraf qilishga qiynalgan. 

Energetika vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva vaqti bilan soat 8:20da yong‘in tarqalish xavfi haqida xabar berilgan. 

Keyingi xabarlarda esa qayta ishlash zavodidagi yong‘in aholi va atrof-muhitga hech qanday tahdid solmasligi aytildi. 

Ayni paytda yong‘in bartaraf etilgan. 

Manba: O‘zA

Kiritildi: 15:14 17.11.2018. O'qildi: 1208 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!