Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Moskvadagi migrantlar mehmonxonasida Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari ovqatdan zaharlandi

Moskvadagi migrantlar mehmonxonasida Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari ovqatdan zaharlandi

Rossiyaning Moskva shahri janubidagi «RBK servis» mehmonxonasida 50 kishi tayyor ovqatdan zaharlandi. Bu haqda Mash xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, jabrlanganlar bitta ta’minotchi tayyorlagan taomlarni iste’mol qilgan. Quruvchilarga oziq-ovqatni «OOO Yenidem» kompaniyasi yetkazib bergan.

Besh kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Zaharlangan shaxslar «Obrucheva 30» turar joy majmuasi qurilishida ishlagan. Bir kun oldin ularga osh va tovuq tortilgan. Ishchilar yotoqxonada o‘zini yomon his qilgan, ba’zilari qusishni boshlagan.

Hozir voqea joyida o‘nlab tez yordam mashinalari ishlamoqda. Jabrlanganlar Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilmoqda.

Kiritildi: 01:41 15.02.2025. O'qildi: 1613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!