Bu voqea o‘tgan yil oktyabr oxirida Moskva viloyatining Solnechnogorsk tumanida, o‘ldirilgan shaxsga tegishli bo‘lgan dala hovlida sodir bo‘lgan. Advokat Sergey Zuyev va u bir necha yil davomida yuritib kelgan mijoz o‘rtasida uy-joy sotuviga oid janjal chiqqan. Mijozining ko‘chmas mulkini sotib olishni istagan advokat uni uch marta pichoq bilan urgan. Erkak voqea joyida vafot etgan.
Jinoyatdan so‘ng Zuyev sherigi bilan birga o‘ldirilgan odamning jasadini o‘ziga tegishli chorvachilik fermasida hayvonlar uchun mo‘ljallangan kremasiya pechida yoqib yuborgan. Qotilning do‘sti esa Solnechnogorsk tumanidagi o‘sha dala hovlini 5 million rublga sotishda yordam bergan.
Oradan biroz vaqt o‘tib, o‘ldirilgan shaxsning tanishi polisiyaga murojaat qilgan. Tergov bir necha oy davom etgan va Moskva tergov qo‘mitasi hamda huquq-tartibot idoralari hamkorligida Zuyev va uning sherigi qo‘lga olingan. Advokat hozir tergov hibsxonasida saqlanmoqda.