Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Moskvada o‘zbekistonlik erkak ajrashishga ariza bergani uchun xotinini pichoqladi (+video)

A A A
Moskvada o‘zbekistonlik erkak ajrashishga ariza bergani uchun xotinini pichoqladi (+video)

Rossiyaning Moskva shahrida 36 yoshli o‘zbekistonlik erkak ajrashishga ariza bergani uchun 29 yoshli xotinini pichoqlab o‘ldirdi, deya xabar berdi teznews.uz

Ma’lum qilinishicha, 10 sentyabr kuni soat 05:30 atrofida 36 yoshli Ilhom Moskva shahridagi «Kashira plaza» savdo markazi yonida mazkur markazda farrosh bo‘lib ishlaydigan xotinini 7 marta pichoqlagan. Ushbu hodisa kameralarga yozilib qolgan. Videoda jinoyatchi marhumni yo‘lakka yiqitgani va pichoq bilan zarba bergani aks etgan.

Qayd etilishicha, ayol ko‘krak va yurak qismidan olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Guvohlar mazkur voqeaga nisbatan hech qanday munosabat bildirmagan va o‘z ishi bilan mashg‘ul bo‘lgan.

Shuningdek, erkak xotinining ajrashishga ariza bermoqchi bo‘lgani uchun o‘ldirganini aytgan. Hozirda Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qo‘mita yaqin vaqt ichida sudga erkakni hibsga olish to‘g‘risida iltimosnoma yuborishi belgilangan.

Kiritildi: 16:30 12.09.2020. O'qildi: 3899 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!