Bugun 6 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Moskvada harbiy xizmatdan bo‘yin tovlagan migrantlarga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilmoqda

A A A
Moskvada harbiy xizmatdan bo‘yin tovlagan migrantlarga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilmoqda

RF Tergov qo‘mitasi Moskva bo‘limi Rossiya fuqaroligini olgan markaziy osiyoliklarga nisbatan harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash bo‘yicha 22 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atdi, deb xabar beradi Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati.

Idoraning Telegram-kanalida berilgan xabarga ko‘ra, 80 dan ortiq kishi Rossiya qurolli kuchlari safiga harbiy xizmatga jo‘natilgan.

Tergov qo‘mitasida qayd etishlaricha, Moskvadagi harbiy komissariatlar bilan birgalikda «harbiy xizmatdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida» chaqiriluvchilarning shaxsiy hujjatlari o‘rganilmoqda. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur ish doirasida «bo‘yin tovlovchilarning Rossiya Federasiyasi fuqaroligini olishi qonuniyligi tekshiriladi».

Qo‘mita qonunchilikka ko‘ra, agar shaxs «harbiy va muqobil davlat xizmatidan bo‘yin tovlagan bo‘lsa» RF fuqaroligi tugatilishi haqida ogohlantirgan.

Kiritildi: 10:38 30.10.2023. O'qildi: 2341 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!