Rossiya poytaxti Moskva shahridagi Chernyaxovskiy ko‘chasida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi.
«Report» Rossiya OAVlariga tayanib, olti qavatli binoning tomida boshlangan yong‘in keyinroq katta maydonni qamrab olganini xabar qildi.
Shu tariqa yong‘in beshta binoning tom qismiga o‘tib, natijada 3 ta xonadon alanga ichida qolgan.
Yong‘in maydoni allaqachon 4 ming kvadrat metrdan oshgan, 400 dan ortiq aholi evakuasiya qilingan, 10 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Yong‘inni o‘chirishga Moskva o‘t o‘chirish-qutqaruv garnizonining ko‘p qismlari, jumladan, zaxira xodimlari va ikkita vertolyot jalb qilingan.