Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Moskvada AQSh razvedkasiga ma’lumot yetkazishga uringan tojikistonlik qamaldi

A A A
Moskvada AQSh razvedkasiga ma’lumot yetkazishga uringan tojikistonlik qamaldi

Moskva shahar sudi tojikistonlik Firuz Dadoboyevni davlat siriga oid ma’lumotlarni AQSh razvedkasiga yetkazishga uringani uchun 13 yil 6 oyga qamoq jazosiga hukm qildi.

47 yoshli tojikistonlik 300 ming rubl miqdorida jarimaga ham tortilgan. U tijorat firmalaridan birining IT mutaxassisi bo‘lib, Rossiya fuqaroligiga ham ega.

Tojikiston-Rossiya fuqarosi 2022 yil oktyabr oyida “to‘plangan maxfiy materiallarni topshirishga urinayotganda” qo‘lga olingan. Holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 275-moddasi (davlatga xiyonat) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Dadoboyev jazoni qattiq rejimdagi koloniyada o‘taydi.

Kiritildi: 15:23 31.10.2024. O'qildi: 1616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!