Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Moskvada 50 nafar migrant tayyor ovqatdan zaharlandi

Moskvada 50 nafar migrant tayyor ovqatdan zaharlandi

Moskvadagi «RBK Servis Mehmonxonasi» xostelida 50 nafar migrant tayyor ovqatdan zaharlandi. Ulardan besh nafari kasalxonaga yotqizildi.

Jabrlanganlar – Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari. Mash Telegram-kanalining xabariga ko‘ra, ular «Obrucheva 30» turar-joy majmuasi qurilishida ishlaydi. Zaharlanish alomatlari ular tovuq go‘shti va sho‘rva iste’mol qilganidan keyin paydo bo‘lgan. Ertasi kuni ahvoli yanada yomonlashib, qayt qilish boshlandi. Xostelga o‘nlab tez yordam mashinalari yetib kelgan.

Xostel egasi Irina Klenina esa ishchilar qurilish ob’ektida zaharlanganini ta’kidlamoqda. U TASS agentligiga bergan izohida bu hodisaga mehmonxonasining aloqasi yo‘qligini aytgan. Migrantlarning ovqatlanishini ish beruvchi tashkilot ta’minlaydi.

Kiritildi: 07:35 18.02.2025. O'qildi: 1028 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!